Kim edig-u kim bo’ldik ?

1443103402_betakrorimsan

Ortga qaytib ish ko’rmoq xayrlidir deydilar,
O’tdi qancha qora kun zulmatlarni ko’rganlar.
Bol o’rniga tuproqni yalaganlar, yeganlar,
Ayting bugun zamondosh kim edig-u kim bo’ldik ?

Read more »

Navoiyni hotirlab…

Alisher Navoiy (taxalluslari; asl ismi Nizomiddin Mir Alisher) (1441.9.2. — Hirot — 1501.3.1) — buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi. Alisher Navoiyning ota tomondan bobosi Amir Temurning Umar Shayx ismli o‘g‘li bilan ko‘kaldosh (emikdosh) bo‘lib, keyinchalik Umar Shayx va Shohruxning xizmatida bo‘lgan. Otasi G‘iyosiddin Bahodir esa Abulqosim Boburning yaqinlaridan; mamlakatni idora etishda ishtirok etgan. Onasi (ismi noma’lum) Kobul amirzodalaridan Shayx Abusaid Changning qizi. Alisher Navoiyning bolaligi Shohrux hukmronligining so‘nggi yillariga to‘g‘ri kelgan. U temuriyzodalar, xususan bo‘lajak podshoh Husayn Boyqaro bilan birga tarbiyalangan. 4 yoshida maktabga borib, tez savod chiqarib, turkiy va forsiy tildagi she’rlarni o‘qib, yod ola boshlagan. O‘zbek tili bilan bir qatorda forsiy tilni ham mukammal egallagan.
Read more »

Muzeylar – tarix ko’zgusi

Muzeylar har bir xalq tarixi, madaniyati, turmush tarzi, milliy an’ana va qadriyatlarini o’rganish, ularni targ’ib etish va kelgusi avlodlarga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida ta’kidlanganidek, har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyatini uning tarixi, o’ziga xos urf-odat va an’analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo’lmaydi.

kr

kr

Bu borada, tabiiyki, ma’naviy meros, madaniy boyliklar, ko’hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan biri bo’lib xizmat qiladi.Bugungi kunda mamlakatimizda turli yo’nalishda 1200 dan ortiq muzey faoliyat ko’rsatmoqda. Read more »

Bola bozorda ta’lim olmaydi. . .

Bugungi kunda tadbirkorlar qo‘llab-quvvatlab kelinayotgan sharoitda o‘z imkoniyat va omadini sinab ko‘rayotgan ishbilarmon yurtdoshlarimiz safi kundan-kunga, yildan-yilga ko‘payib bormoqda. Bu quvonarli hol, albatta. Ular orasida boy ma’naviy tafakkur va dunyoqarash sohiblarining ko‘p bo‘lishi esa yanada yaxshi. Axir aytishadi-ku, har sohaning o‘z ilmi bor, deb. 3-3-886x669Shu ma’noda, savdo ishining ham o‘z madaniyati, burch va mas’uliyati, unutilishi mumkin bo‘lmagan ma’naviy vazifalari mavjud.
Shunday ekan, bugun farzandlarini ilm-ma’rifatli, ziyoli, yuksak ma’naviyat egasi etib kamol toptirishni ham unutmayotgan tadbirkor haqiqiy tadbirkordir, menimcha. Ana shunda jamiyat haqiqiy ma’noda boyib boradi.
Read more »

Internetga in qurgan o’rgimchaklar…

Hozirgi kunda taraqqiyotning yuqori texnologiyalari hayotimizga dadil qadamlar bilan kirib kelmoqda. To‘g‘riroq qilib aytganda, kirib kelishga ulgurdi ham. Shunday yutuqlardan biri global internet tarmog‘idir. Siz internetga kirsangiz, qaysiki axborotni olmoqchi bo‘lsangiz mos manzilni terasiz. Manzilki, tayin faqat va faqat 3ta bir xil harf: WWW bilan boshlanadi. World_Wide_Web_by

Aslida WWW inglizcha qisqartma so‘z bo‘lib, “Butun dunyo o‘rgimchak to‘ri” ma’nosini beradi. Haqli savol tug‘iladi: Nima uchun aynan o‘rgimchak to‘ri? Internetning o‘rgimchakka va uning to‘riga nima aloqasi bor? Balki, ular jarangli eshitilsin deb, uni ma’joziy nom bilan atagandirlar. Read more »

Jaholatga qarshi ma’rifat

Mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq mamlakatimizda har jihatdan yetuk bo’lgan barkamol shaxsni tarbiyalashga katta e’tibor berilmoqda va bu yo’lda yoshlarni turli ma’naviy xurujlardan saqlash, ularda mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish kabi vazifalar ustuvorlik qilmoqda. komitet

Yurtboshimiz “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida shunday deydi: fikrga qarshi-fikr, g`oya qarshi – g`oya, jaholatga qarshi – ma’rifat. Jaholat, bu so`zni biz qanchalik tushunamiz? Ma’rifatni – chi? Aslida bu so`zlar zaminida bir olam ma’no bor. Jaholat bu – giyohvandlik, o`z yurtini bosqinchilar qo`liga topshirib, o`z oila, mahalla, vatanini botqoqlik tomon yetaklaydi. Ma’rifat bu – ilm – fan, izlanish, o`rgatish demakdir. Inson tug`ilibdi – ki, u ikki yo`ldan biri yaxshi yo`ldan – ma’rifat, yomon yo`ldan – jaholatni tanlaydi. Read more »

Siz kitobxonmisiz?

Men bu savolni o‘rtaga tashlar ekanman, shuni bilishni istardim: siz o‘zingiz oz o‘qiydiganlardanmisiz? Yoki ko‘p mutolaa qilasizmi? Birinchi tipdan bo‘lsangiz yolg‘on gapirayapsiz, chunki oz o‘qish mutlaqo o‘qimaslikning bir shaklidir.Фото1489 Ammo men sizni shu kundan e’tiboran xaiqiqiy kitobxon bo‘lishga da’vat etaman. Dunyoda, bu xayotda kitobdan go‘zal narsa yo‘q!? Ko‘p kitob o‘qigan, hikoya va romanlar o‘qib, vaqtini, umrini mutolaaga sarf etgan kishi umrida aslo yolg‘iz qolmaydi. Men bunga juda ishonaman. Read more »

“O’zbekistonning yetti mo’jizasi”ni birgalikda tanlaymiz!

Yurtimizning turli hududlaridagi arxeologik majmualar, shahristonlar, qadimiy yodgorliklardan topilgan nodir ashyolar, metall va sopol buyumlar, libos va ziynatlar, devoriy bezaklar, uy-ro’zg’or anjomlari, mehnat qurollari, tarixiy materiallar muayyan davrga oid manzaralarni, har bir hududning o’ziga xos tarixi, etnografik xususiyatlarini ko’z o’ngimizda yaqqol tasvirlaydi.unnamed1-216x168 Qadimiy qo’lyozma kitoblar, nodir nashrlar bu tabarruk zaminda ilm-fan, adabiyot, san’at gullab-yashnaganidan hikoya qilsa, naqshinkor o’yma ustunlar, me’morlik ashyolari, bezakdor bosh kiyimlari, liboslar, turli ziynatlar milliy an’ana va qadriyatlarimiz, yurtimizdagi hunarmandlik maktablarining chuqur va mustahkam asosga tayanishidan darak beradi.

Read more »

Muomala, libos va biz. . .

 040520152170Odamlar o‘rtasidagi munosabatni belgilaydigan muomala in­son yuragini ko‘zguda aks etgandek namoyon etadi. Kishining so‘zidan, muomalasidan uning qanday odam ekanligini bilib olish qiyin emas.  Shuning uchun ham yosh farzandlarni tarbiyalashda muomala madaniyatini o’rgatish eng faxrli kasb egalari bo’lmish ustoz-murabbiylarning asosiy burchlaridan biridir. Bizning 258 – sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida ham bugun 4 – may sanasida pedodgogik hodimlar bilan hamkorlikda «Muomala, libos va biz» shiori asosida navbatdan tashqari yig’ilish bo’lib, unda hozirgi vaqtda sodir bo’layotgan shov-biznes yoki bo’lmasa turli media axbarotlar orqali kirib kelayotgan muomala, turli liboslar yoki ko’rinishlar bizning milliy urf-odatlarmizga, qadriyatlarimizga mutloqa zid ekanligi ta’kidlandi. Shuningdek, hafta davomida o’quvchilar orasida «Chiroyli muomala va milliy libos» shiori ostida targ’ibot va tashviqot ishlari amalga oshirish rejalashtirildi. Read more »

“Tinchlik darsi” tashkil qilinadi

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan respublikamizdagi barcha umumta’lim maktablarida “Tinchlik darsi” tashkil qilinadi. dcfgdMazkur darslar 1941-1945-yillar urush va mehnat fronti faxriylari, Qurolli kuchlar faxriylari va harbiy xizmatchilar ishtirokida tashkil qilinadi. Unda tinchlik uchun butun dunyo hamjamiyati bilan birgalikda harakat qilish lozimligi, Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligini saqlash uchun jonini qurbon qilganlarni hamisha yodda tutishimiz zarurligini o‘quvchi-yoshlarga tushuntirish va bu orqali tinchlikning buyuk ne’mat ekanligini anglash asosiy maqsaddir.
Shuningdek, ta’lim muassasalarida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, harbiylar, mehnat faxriylari, mahalla faollari va boshqa tegishli jamoat tashkilotlarining vakillari ishtirokida davra suhbatlari, ijodiy va xotira kechalari tashkil etilmoqda.
Bolalar musiqa va san’at maktablari esa 1941-1945-yillar urush va mehnat fronti faxriylari, keksa avlod vakillari uchun “Urush yillari navolari” nomli konsert dasturini namoyish etadilar.  Read more »

WordPress Themes